Jahon

Rossiyada ko‘p farzandli oilalarga foizsiz uy-joy krediti beriladi

Ushbu taklif hali qonun darajasiga ko‘tarilmagan.

Rossiyada ko‘p farzandli oilalarga foizsiz uy-joy krediti beriladi

 

Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichini oshirish uchun ko‘p farzandli oilalarga foizsiz uy-joy krediti berish taklif qilindi. Bu tashabbus bilan Tatariston bolalar huquqlari bo‘yicha vakili Irina Volynets chiqdi. Unga ko‘ra, ko‘plab oilalar uy-joy muammosi tufayli farzandli bo‘lishga shoshilmayapti.

 

Volynetsning fikricha, birinchi farzand tug‘ilganda oilalarga foizsiz kredit berilishi kerak. Har keyingi farzand tug‘ilgani sari qarzning bir qismi davlat tomonidan yopiladi. Masalan, ikkinchi farzand uchun – 25 foiz, uchinchi uchun – yana 25 foiz.

 

Agar oilada to‘rtinchi farzand tug‘ilsa, qolgan kredit butunlay yopiladi. Shu tarzda oilalar moliyaviy og‘irliksiz uy-joyga ega bo‘lish imkoniga ega bo‘ladi.

 

Ushbu taklif hali qonun darajasiga ko‘tarilmagan, biroq u ijtimoiy tarmoqlarda va OAVda keng muhokama qilinmoqda. Taklif rasmiy darajada ko‘rib chiqilsa, ko‘p farzandli oilalar uchun muhim yordam bo‘lishi mumkin.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Rossiyada ko‘p farzandli oilalarga foizsiz uy-joy krediti beriladi | Zamon.uz