Shvetsariya 26 ming dollar evaziga ko‘chib keluvchilarni jalb qilmoqda
Bunga sabab aholining kamayib borayotgani.

Alp tog‘lari etagidagi Albinen qishlog‘i aholisi kamayib borayotgani bois, mahalliy hokimiyat yangi ko‘chib keluvchilarga 20 ming frank (taxminan 26 ming dollar) mukofot taklif qilmoqda. Oilalarga esa har bir bola uchun yana 13 ming dollar to‘lanadi.
Ammo bu imtiyozlar qat’iy shartlar bilan bog‘langan:
– Nomzodlar 45 yoshdan kichik bo‘lishi kerak
– Albinen qishlog‘idan kamida 200 ming franklik uy xarid qilinishi lozim
– Eng muhimi — qishloqda kamida 10 yil doimiy yashash va kelajakda Shveysariya fuqaroligini olish talab etiladi
Mazkur tashabbus hududdagi aholining kamayishiga barham berishga qaratilgan.







