Tiktoker Xabi Leym AQShda hibsga olindi
Bunga vizasining muddati tugagani sabab bo'lgan.

Mashhur tiktoker Xabi Leym AQSH immigratsiya qonunlarini buzgani sabab Las-Vegas aeroportida qo‘lga olindi. AFP agentligining yozishicha, blogerning vizasi muddati tugagan bo‘lgan.
Leym 30 aprel kuni AQSHga kirgan, biroq 6 iyun kuni viza muddati tugagani aniqlanib, hibsga olingan. Shunga qaramay, o‘sha kuniyoq ozod etilib, mamlakatni ixtiyoriy tark etishga ruxsat oldi.
Xabi Leym 2022 yildan beri TikTok'da eng ko‘p obunachiga ega bloger hisoblanadi. U oddiy hayotiy vaziyatlarni kulgili tarzda ko‘rsatib, murakkab maslahatlarni soddalashtiruvchi videolari bilan mashhur.







