Yevropada qizamiqdan kasallanish holatlari ko‘paymoqda
Kasallik emlanmagan bolalar orasida ko'p uchramoqda.

2024-yilda Yevropa va Markaziy Osiyoda qizamiq bilan kasallanish holati 127 350 taga yetib, 1997-yildan beri eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgandi.
Sog‘liqni saqlash idoralari yaqin oylarda kasallanish holatlari ko‘payishi mumkinligidan ogohlantirgan. Kasalliklarning oldini olish va nazorat qilish bo‘yicha Yevropa markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Yevropa Ittifoqi bo‘ylab qizamiq bilan kasallanishning 5,5 mingga yaqin holati qayd etilgan. So‘nggi bir yil ichida emlanmagan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar orasida ko‘plab holatlar uchragan, deyiladi agentlik xabarida.
Qizamiq odatda yengil yoki o‘rtacha og‘irlikdagi kasallik hisoblanadi. Ammo ba’zi hollarda o‘limga olib kelishi mumkin. Emlash orqali kasallikdan forig‘ bo‘lish mumkin.







