Jahon

AQShda chaqaloqlar nomiga sarmoya hisoblari ochiladi

2025-yilda tug'ilgan har bir amerikalik chaqaloqqa 1000 dollar beriladi.

AQShda chaqaloqlar nomiga sarmoya hisoblari ochiladi

 

AQSh prezidenti Donald Tramp yangi federal dasturni e’lon qildi. Unga ko‘ra, 2025-yildan boshlab tug‘iladigan har bir amerikalik chaqaloq nomiga hukumat tomonidan moliyalashtiriladigan boshlang‘ich kapitali 1000 AQSh dollari bo‘lgan investitsiya hisobvarag‘i ochiladi. Ushbu taklif yetakchi biznes vakillari tomonidan keng qo‘llab-quvvatlandi.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp Oq uyda Uber, Goldman Sachs va Dell Technologies kabi yirik kompaniyalar rahbarlari ishtirokidagi davra suhbatida “Tramp hisoblari” deb nomlangan yangi tashabbusni taqdim etgan. Ushbu hisobvaraqlar qimmatli qog‘ozlar bozori bilan bog‘liq bo‘lib, soliq to‘lovlari kechiktirilgan investitsiyalarni o‘z ichiga oladi.

 

Dastur 2024-yil 31-dekabrdan keyin va 2029-yil 1-yanvargacha tug‘ilgan chaqaloqlarni qamrab oladi. Har bir bola nomiga ochiladigan hisobvaraq federal hukumat tomonidan bir martalik 1000 dollarlik badal bilan to‘ldiriladi. Bundan tashqari, bu hisobga yiliga 5000 dollargacha shaxsiy mablag‘ kiritish imkoniyati ham yaratiladi. Hisoblar vasiylar nazorati ostida bo‘ladi.

 

Donald Tramp bu tashabbusni “oilalarni qo‘llab-quvvatlash va kelajak avlod iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirish” deb baholadi.

 

Bunday dasturlar boshqa mamlakatlarda ham uchragan. Masalan, Buyuk Britaniyada 2002–2011-yillarda davlat tomonidan moliyalashtirilgan bolalar ishonch fondi faoliyat yuritgan. Shuningdek, Singapurda bolalar uchun maxsus jamg‘arma hisobvaraqlari bilan bog‘liq davlat dasturi mavjud.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQShda chaqaloqlar nomiga sarmoya hisoblari ochiladi | Zamon.uz