Hindistonda internet o‘chirildi
Davlatda etnik mojarolar kuchaymoqda.

Hindistonning Manipur shtatida etnik norozi namoyishlar ortidan hukumat ayrim hududlarda komendantlik soati joriy etib, internet aloqasini besh kunga to‘xtatdi.
Namoyishlar 8-iyun kuni politsiya radikal Meitei guruhi “Arambai Tenggol”ning besh yetakchisini, jumladan rahbari Asem Kanan Singhni hibsga olganidan so‘ng boshlangan. Ular 2023-yilda sodir bo‘lgan zo‘ravonliklarga aloqadorlikda gumon qilinmoqda.
Manipurda 2023-yildan beri Meitei va Kuki etnik guruhlari o‘rtasida yer va hokimiyat uchun to‘qnashuvlar davom etmoqda. Mojarolar oqibatida 250 dan ortiq odam halok bo‘lgan, o‘n minglab kishi uyini tark etgan.
Namoyishchilar hibsdagilarni ozod qilishni talab qilib, politsiya postlariga hujum qilgan. Hukumat 5 tumanda internetni o'chirgangan, 1 shtatda esa noma’lum muddatga komendantlik soati e’lon qilingan. To‘rt kishidan ortiq yig‘ilishlar ham taqiqlangan.







