OpenAI'ning yillik daromadi rekord darajaga yetdi
OpenAI'ning doimiy daromadi 10 milliard dollardan oshdi.

OpenAI kompaniyasining yillik doimiy daromadi — ya’ni obunalar, dasturiy ta'minot shartnomalari va boshqa barqaror tushumlari 10 milliard dollardan oshgani ma'lum qilindi.
Ushbu natijaga OpenAI ChatGPT chatbotini ishga tushirganidan atigi ikki yarim yil o‘tib erishdi. Shu bilan birga, kompaniya 2024-yilni moliyaviy jihatdan 5 milliard dollarlik zarar bilan yakunlagan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, OpenAI’ning uzoq muddatli maqsadi — 2029 yilga kelib yillik daromadni 125 milliard dollarga yetkazish. Mart oyida kompaniya faol oylik foydalanuvchilar soni 500 millionga yaqinlashgani, pullik biznes obunachilari esa 3 millionga yetgani haqida xabar bergan edi.
Bugungi kunda kompaniyaning bozor kapitallashuvi 320 milliard dollardan ortiq deb baholanmoqda.







