Rossiyaning harbiy qudrati NATOni xavotirga solmoqda
Rossiya 5 yil ichida hujumga tayyor bo‘lishi mumkin.

Rossiya harbiy salohiyatini keskin oshirmoqda va besh yil ichida NATO davlatlariga qarshi kuch ishlatish darajasiga yetishi mumkin. Bu haqda NATO bosh kotibi Mark Rutte 9-iyun kuni Londondagi Chatham House institutida qilgan nutqida ma’lum qildi.
Ruttening so‘zlariga ko‘ra, Rossiya harbiy sanoatini faollashtirgan, va ayni damda Xitoy, Shimoliy Koreya hamda Eron bilan strategik hamkorlikni kuchaytirgan. Unga ko‘ra, “Putinning urush mashinasi” to‘xtamayapti, balki tobora kuchaymoqda.
“Rossiya Xitoy texnologiyalari orqali qudratini tiklamoqda. U biz o‘ylaganimizdan tezroq va ko‘proq qurol ishlab chiqarmoqda. Masalan, faqat o‘q-dorilar ishlab chiqarishda Rossiya uch oyda NATO davlatlari bir yilda ishlab chiqargan hajmni qoplaydi”, – dedi Rutte.
NATO bosh kotibi shuningdek, Rossiyaning 2024-yil davomida 1500 ta tank, 3000 ta zirhli texnika va 200 ta “Iskandar” raketasini ishlab chiqarishi kutilayotganini qayd etdi. U, Rossiyaning yangi avlod raketalari tovush tezligidan bir necha barobar yuqori harakatlanayotganini, bu esa Yevropa poytaxtlarini bir necha daqiqada nishonga olish imkonini berishini ta’kidladi.
“Endi Sharq ham, G‘arb ham yo‘q – faqat NATO bor. Biz aldanmasligimiz kerak: xavf yaqin”, – dedi Mark Rutte.







