Jahon

AQSh-Xitoy o'rtasida savdo kelishuvi rejalashtirilmoqda

Tomonlar savdo cheklovlarini yumshatish bo‘yicha kelishishdi.

AQSh-Xitoy o'rtasida savdo kelishuvi rejalashtirilmoqda

 

AQSh va Xitoy rasmiylari o‘zaro savdoni erkinlashtirish borasida muhim kelishuvga erishdilar. Londonda bo‘lib o‘tgan muzokaralar chog‘ida tomonlar savdodagi qator cheklovlarni bekor qilish hamda Xitoydan noyob tuproq metallarini yetkazib berishni ta’minlash bo‘yicha harakatlar rejasini ishlab chiqishdi.

 

Bu haqda AQSh savdo vaziri Govard Latnik xorijiy OAVga bergan intervyusida ma’lum qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar "Jeneva konsensusini amalga oshirish bo‘yicha" kelishuvga erishgan.

 

“Biz savdo-sotiqdagi ziddiyatlarni yumshatish hamda strategik xomashyolar, xususan, noyob tuproq metallarining barqaror yetkazib berilishini ta’minlash bo‘yicha amaliy choralar rejasini ishlab chiqdik,” — dedi Latnik.

 

Mazkur harakatlar rejasi yaqin kunlarda AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy yetakchisi Si Tszinpinga taqdim etilishi kutilmoqda. Bu qadam ikki davlat o‘rtasidagi uzoq yillik savdo nizolarini yumshatish va global bozorlar barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynashi mumkin.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

AQSh-Xitoy o'rtasida savdo kelishuvi rejalashtirilmoqda | Zamon.uz