Britaniya yangi atom stansiyasiga 14 mlrd funt sarmoya kiritadi
Loyiha taxminan 10 mingta yangi ish o‘rnini yaratadi.

Buyuk Britaniya Bosh vaziri Kir Starmer mamlakatdagi yangi Sizewell C atom elektr stansiyasiga 14 milliard funt sterling (taxminan 17,9 milliard AQSH dollari) sarmoya ajratilishini e’lon qildi.
Mazkur loyiha Britaniyaning energiya xavfsizligini mustahkamlash va uglerod chiqindilarini kamaytirish maqsadida amalga oshirilmoqda.
Hukumat hisob-kitoblariga ko‘ra, stansiya qurilishi doirasida taxminan 10 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi. Loyihaning to‘liq foydalanishga topshirilishi esa kelgusi yillarda kutilmoqda.







