Jahon

Dubayda dunyoning eng baland metro stansiyasi quriladi

74 metrli metro stansiya 2029-yilda ishga tushiriladi.

Dubayda dunyoning eng baland metro stansiyasi quriladi

 

Dubay o‘zining yana bir ulkan arxitektura loyihasi bilan diqqat markazida bo'lmoqda. Shaharda dunyoning eng baland metro stansiyasi barpo etiladi. Bu inshoot 74 metr balandlikka ega bo‘ladi va 2029-yilda ochilishi rejalashtirilgan.

 

Yangi “Moviy tarmoq” metro liniyasining qurilishi Dubayning shimoli-sharqiy qismini rivojlantirish, tirbandlikni kamaytirish hamda xalqaro aeroport bilan uzviy bog‘lanishni ta’minlashni maqsad qilgan.

 

Metro stansiyasining dizayni Skidmore, Owings & Merrill (SOM) arxitektura kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan. Aynan ushbu kompaniya ilgari Burj Xalifa, Nyu-Yorkdagi Olimpiya minorasi va Chikagodagi Sears minorasi kabi muhtasham loyihalar ustida ishlagan.

 

Yangi Emaar Properties stansiyasi har kuni 160 ming yo‘lovchini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ladi. 2040-yilga borib, bu raqam 200 ming nafarga yetishi kutilmoqda. Arxitektorlar stansiyani shahar landshaftiga uyg‘unlashtirib, "Dubay – kelajakka kirish eshigi" kontseptsiyasini amalda ifodalashga intilmoqda.

 

“Moviy tarmoq” 30 km masofani bosib o‘tib, 14 ta yangi stansiyani birlashtiradi. Yo‘lovchilarni 28 ta zamonaviy poezd tashiydi. Bu liniya orqali har ikki yo‘nalishda soatiga 46 ming kishi tashilishi mumkin bo‘ladi. 2030-yilga kelib, ushbu ko‘rsatkich 200 ming yo‘lovchigacha yetishi rejalashtirilgan.

 

Yangi tarmoq qurilishi yakunlangach, Dubay metrosining umumiy uzunligi 131 km ga, stansiyalar soni esa 78 taga yetadi. “Moviy tarmoq” Dubayning to‘qqizta asosiy tumanini birlashtirib, 2040-yilgacha bo‘lajak 1 milliondan ortiq aholiga xizmat qiladi.

 

Loyiha umumiy qiymati 20,5 milliard dirhamni (taxminan 5,6 milliard dollar) tashkil etadi. Qurilish ishlari uchun tenderni Turkiyaning Mapa va Limak, hamda Xitoyning CRRC kompaniyalari yutib olgan.

 

Ushbu loyiha Dubayning 2040-yilgacha mo‘ljallangan umumiy rivojlanish strategiyasi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, zamonaviy transport infratuzilmasi orqali kelajak shahrini yaratishga qaratilgan navbatdagi muhim qadamlardan biridir.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.