Jahon

Dunyodagi eng baland ayolning hayot tarzi

U har bir parvozda oltita chipta uchun pul to‘laydi.

Dunyodagi eng baland ayolning hayot tarzi

 

Dunyodagi eng baland bo‘yli ayol sifatida Ginnes rekordlar kitobiga kirgan turkiyalik Rumeysa Gelgi har bir parvozi uchun oltita aviachiptaga to‘lashga majbur. 215 santimetr bo‘y uzunligiga ega bo‘lgan 25 yoshli ayol turli safarlarda duch keladigan logistik va tibbiy murakkabliklar haqida ochiq gapirdi.

 

Rumeysaning g‘ayrioddiy o‘sishi Weaver sindromi deb nomlanuvchi, dunyoda juda kam uchraydigan genetik kasallik natijasi bo‘lib, bu nafaqat tez bo‘y o‘sishi, balki boshqa bir qator jismoniy o‘ziga xosliklarni ham keltirib chiqaradi. U kunlik hayotida nogironlar aravachasi yoki maxsus yuruvchilar yordamida harakat qiladi.

 

Shunga qaramay, Rumeysa mustaqil faol hayot tarzini olib boradi. Uning sayohatlari esa alohida e’tiborni talab qiladi. Masalan, Turkish Airlines aviakompaniyasi Rumeysaga maxsus sharoit yaratish maqsadida samolyot ichidagi oltita yo‘lovchi o‘rindig‘ini olib tashlab, o‘rniga uning ehtiyojlariga moslashtirilgan zambil o‘rnatgan. Biroq bu joyning narxi oltita chiptaning qiymatiga teng bo‘ladi.

 

Rumeysa har bir parvozdan to‘rt soat oldin aeroportga yetib borishi, tibbiy ko‘rikdan o‘tishi va parvozga alohida tayyorgarlik ko‘rishi kerak bo‘ladi. Shunga qaramay, u yiliga kamida bir marta havo sayohati qilishga harakat qiladi. Ayniqsa, u Sharqiy Osiyoning Tokio, Kioto, Shanxay va Seul kabi shaharlariga borishni xohlaydi — bu joylar uni o‘ziga xos madaniyati va arxitekturasi bilan o‘ziga tortadi.

 

Rumeysa Gelgining hikoyasi — bu inson azmi, chidamliligi va orzular sari qat’iyat bilan intilishga yorqin misoldir. Jismoniy cheklovlar uning hayotdan zavqlanishiga to‘siq bo‘la olmayapti.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Dunyodagi eng baland ayolning hayot tarzi | Zamon.uz