Fransiyada bolalarga ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish taqiqlanadi
Qaror 15 yoshga to‘lmagan bolalarga qaratilgan.

Fransiya hukumati 15 yoshga to‘lmagan bolalar uchun ijtimoiy tarmoqlardan foydalanishni cheklovchi yangi qonunni ma’qulladi. Ushbu qonunga ko‘ra, ota-onalarning ruxsatisiz bolalar ijtimoiy platformalarda akkaunt ocholmaydi.
Qonunning asosiy maqsadi — bolalarni onlayn xavflardan, kiberzo‘ravonlik va salbiy ta’sirlardan himoya qilish. Yangi tartib asosida ijtimoiy tarmoqlar 15 yoshgacha bo‘lgan foydalanuvchilardan ro‘yxatdan o‘tishda ota-ona yoki qonuniy vakil roziligini talab qilishi shart bo‘ladi.
Fransiya parlamenti ushbu qonunni qabul qilarkan, raqamli gigiyena va yoshlar ruhiy salomatligini muhofaza qilish masalalarini asosiy ustuvоr yo'nalish sifatida belgilanadi.
Qonun kuchga kirishi bilan platformalar bola foydalanuvchilarning yoshini aniqlash bo‘yicha maxsus autentifikatsiya tizimlarini joriy etishga majbur bo‘ladi.







