Rossiya qora kunlarga tayyor emas
Milliy farovonlik fondi zaxirasi kamaymoqda.

Milliy farovonlik fondi Rossiya hukumatining inqirozli kunlar uchun asosiy zaxirasi tez sur’atda kamayayotganini ma'lum qildi. Gaidar instituti tahliliga ko‘ra, agar neft narxlari past darajada qolsa, fondning likvid aktivlari 2026-yilgacha tugab ketishi mumkin.
So‘nggi ikki yil ichida fond hajmi uch barobar qisqardi: 113,5 milliard dollardan 37,4 milliard dollargacha kamaydi. Hozirda faqat 139,5 tonna oltin va 153,7 milliard yuan qolgan. Bu fond tashkil etilgandan buyon eng past ko‘rsatkich hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, Milliy farovonlik fondi mablag‘lari hisobidan Rossiyada subsidiya, harbiy xarajatlar va budjetdagi kamomadlar qoplab kelinmoqda.







