Jahon

Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga dronlar hujum qildi

Zarbalar oqibatida ikki kishi halok bo‘lgan.

Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga dronlar hujum qildi

2025-yil 10-iyun kuni Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismida dron zarbalari oqibatida avtomobil va motosikl nishonga olingan, natijada ikki kishi halok bo‘lgan. Bu haqda Arab News axborot agentligi xabar berdi.

 

Hujumlar Idlib viloyatida sodir bo‘lgan. Mazkur ikki dron zarbasi uchun hech bir guruh javobgarlikni o‘z zimmasiga olmagan. Biroq, ma’lumki, bu hududda ilgari ham AQSH boshchiligidagi xalqaro koalitsiya tomonidan terrorchi guruhlarga qarshi zarbalar berilgan.

 

2025-yil boshida AQSH “Al-Qoida”ning Suriya bo‘linmasi — “Xurras ad-Din” rahbariyatiga qarshi amaliyot o‘tkazganini va bir nechta qo‘mondonlar yo‘q qilinganini bildirgan edi. Ayni guruh o‘tgan yil oxirida Bashar Asad hokimiyatdan ag‘darilgach, isyonchilar tomonidan tuzilgan muvaqqat hukumat buyrug‘i bilan tarqatib yuborilayotganini ma’lum qilgan edi.

 

Shuningdek, Suriyada AQSH qo‘shinlari hanuzgacha “Daish” (ISIS) terrorchilik guruhiga qarshi kurashish maqsadida xalqaro koalitsiya tarkibida faoliyat yuritmoqda.

 

May oyida Ar-Riyodda bo‘lib o‘tgan sammitda AQSH prezidenti Donald Tramp suriyalik yangi yetakchi Ahmad Ash-Shara’ani “Daish”ning qayta faollashuviga yo‘l qo‘ymaslikda Vashingtonga yordam berishga chaqirgan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Suriyaning shimoli-g‘arbiy qismiga dronlar hujum qildi | Zamon.uz