Turkiyaning zirhli mashinalari Ruminiyaga yetkazildi
Mashinalar yuqori darajada himoyalangan taktik transport vositasi hisoblanadi.

Turkiyaning Otokar kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan Cobra II rusumidagi zamonaviy zirhli mashinalarning birinchi partiyasi Ruminiyaga yetkazildi. Bu haqda mahalliy va xalqaro OAVlar xabar berdi.
Cobra II — razvedka, patrul va harbiy operatsiyalar uchun mo‘ljallangan, yuqori darajada himoyalangan taktik transport vositasi bo‘lib, turli qurol tizimlari bilan jihozlanishi mumkin.
Mazkur kelishuv Turkiya va Ruminiya o‘rtasidagi harbiy-texnik hamkorlikni mustahkamlashga xizmat qilishi kutilmoqda. Ruminiya ushbu texnikani NATO doirasidagi faoliyatida qo‘llashi mumkin.







