Jahon

6 yil davom etgan havodagi firibgarlik fosh bo‘ldi

Aviakompaniyalarni aldagan erkak yillar davomida bepul uchib yurgan.

6 yil davom etgan havodagi firibgarlik fosh bo‘ldi

 

AQShning Janubiy Florida shtatida yashovchi 35 yoshli Tayron Aleksandr o‘zini aviakompaniya xodimi sifatida tanishtirib, 6 yil davomida samolyotlarda bepul parvozlar qilganlikda ayblanmoqda. Unga nisbatan firibgarlik va xavfsizlik zonasiga noqonuniy kirish bo‘yicha jinoyat ishi ochilgan. Aleksandr 30 yilgacha ozodlikdan mahrum etilishi mumkin.

 

Xabarlarga ko‘ra, 2018-yildan 2024-yilgacha u yettita yirik AQSh aviakompaniyasining tizimiga kirib, o‘zini styuard, ba'zida hatto uchuvchi sifatida ko‘rsatgan. Shu tarzda u 120 dan ortiq reysda tekinga parvoz qilgan.

 

Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, Aleksandr soxta ko‘krak nishonlari raqamlari, uydirma ishga qabul qilingan sanalar va boshqa yolg‘on ma’lumotlar orqali aviakompaniyalarning ichki bron tizimlariga kirgan. U maxsus xodimlar uchun mo‘ljallangan imkoniyatlardan foydalangan, biroq yillar davomida bu faoliyat deyarli fosh etilmagan.

 

Ushbu holat aviatsiya tizimlarining axborot xavfsizligi va ichki nazorat mexanizmlari borasida keskin savollar tug‘dirdi. Firibgarning qanday aniqlangani hozircha ochiqlanmagan.

 

Mazkur voqea Stiven Spilbergning “Iloji bo‘lsa, meni tut” (Catch Me If You Can) nomli mashhur filmidagi syujetni eslatadi. Unda bosh qahramon Frenk Abagneyl ham 1960-yillarda o‘zini uchuvchi sifatida ko‘rsatib, bir necha yil davomida firibgarlik qilgan edi. Aftidan, bu film Aleksandrga ham "ilhom" bo‘lgan ko‘rinadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

6 yil davom etgan havodagi firibgarlik fosh bo‘ldi | Zamon.uz