Jahon

92 yoshli xitoylik ayol internet yulduziga aylandi

U har kuni sport bilan shug‘ullanishi natijasida sochlari yana qoraya boshlagan.

92 yoshli xitoylik ayol internet yulduziga aylandi

 

Xitoylik 92 yoshli Li ismli ayol ijtimoiy tarmoqlarda chinakam sensatsiyaga aylandi. U yoshiga qaramay, har kuni professional sportchilarga munosib mashqlarni bajaradi: kuniga 200 ta cho‘zilish va 100 ta surilish (otjimanie) mashqlari bilan shug‘ullanadi.

 

Yaqinda an’anaviy xitoy tibbiyoti festivalida nutq so‘zlagan Li xonim uzoq umr, intizom va salomatlik sirlarini ommaga oshkor qildi. Biroq uning jismoniy holati, moslashuvchanligi va kundalik mashg‘ulotlari ijtimoiy tarmoqlarda ayniqsa katta e’tibor uyg‘otdi.

 

“Mashqlarni mukammal texnikada bajaryapmanmi yoki yo‘qmi — menga ahamiyatsiz. Muhimi, har kuni mashq qilaman”, — deydi u.

 

Li xonim beliga halqa aylantiradi, cho‘zilish mashqlarini bemalol bajaradi va harakatlarini muvofiqlashtirishda yoshi unga mutlaqo halaqit qilmaydi. Qizig‘i shundaki, u mashqlarni sport zalida emas, uyida bajarishni afzal ko‘radi, hatto yomg‘irli ob-havo ham uning rejalarini buzmaydi.

 

Bundan tashqari, Li har oqshom oyoqlarini issiq suvga solishni kanda qilmaydi. Bu qadimiy xitoy an’analariga asoslangan muolaja qon aylanishi va umumiy salomatlikni qo‘llab-quvvatlaydi.

 

Li xonimning yana bir e’tiborni tortgan bayonoti shundaki, u jismoniy mashg‘ulotlar tufayli sochlari yana qoraya boshlaganini aytgan. Bu holat internet foydalanuvchilari orasida qizg‘in muhokamalarga sabab bo‘ldi.

 

92 yoshli ayolning hayoti ko‘plab insonlar uchun ilhom manbaiga aylandi. U o‘z namunasi orqali faol hayot tarzi va sog‘lom odatlar har qanday yoshda foydali ekanini isbotlamoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

92 yoshli xitoylik ayol internet yulduziga aylandi | Zamon.uz