Jahon

Argentinaning sobiq prezidenti korrupsiya bilan 6 yilga qamaldi

Unga umrbod davlat xizmatida ishlash taqiqlandi.

Argentinaning sobiq prezidenti korrupsiya bilan 6 yilga qamaldi

Argentinaning sobiq prezidenti Kristina Kirshner korrupsiya jinoyati bo‘yicha 6 yil ozodlikdan mahrum etildi. Bu haqda TN telekanali xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, mamlakat Oliy sudi ilgari chiqarilgan hukmni o‘z kuchida qoldirgan. Sud hay’ati bir ovozdan Kirshnerni jinoyat guruhini tashkil etish va davlat mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida firibgarlik asosidagi boshqaruvda aybdor deb topgan.

 

Ushbu mablag‘lar Santa-Krus hududidagi milliy infratuzilma loyihalari uchun ajratilgan bo‘lgan. Sud, shuningdek, Kirshner 2003-yildan 2015-yilgacha tadbirkor Lazaro Baes manfaatlari yo‘lida faoliyat olib borganini aniqladi. Loyihalarning narxlari sun’iy oshirilgan, ko‘plab ishlar esa umuman bajarilmagan.

 

Hukmga ko‘ra, Kirshnerga umrbod davlat xizmatida ishlash taqiqlandi. Sudlanuvchi uy qamog‘iga o‘tish uchun ariza berish huquqiga ega.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Argentinaning sobiq prezidenti korrupsiya bilan 6 yilga qamaldi | Zamon.uz