Eron yadroviy qurol yaratish ustida faol ishlamoqda
Bu haqda Arkanzas shtati respublikachi senatori ma'lum qildi.

AQSh Mudofaa vazirligi Eron yadroviy qurol yaratish bo‘yicha faol qadamlar tashlayotganini tasdiqladi.
Bu haqda Arkanzas shtatidan respublikachi senator Tom Kotton X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida yozgan.
"Bugun Pit Hegset (Mudofaa vaziri) Eron yadroviy qurol yaratish ustida faol ish olib borayotganini tasdiqladi. Milliy xavfsizligimiz, ittifoqchilarimiz va mintaqadagi millionlab tinch aholi xavfsizligi uchun bunga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi", — deb yozadi u.
Eslatib o‘tamiz, 9 iyun kuni MAQATE (MAGATE) bosh direktori Rafael Mariano Grossi o‘tgan yillarda antropogen uran zarralari topilgan uchta joy, shuningdek, ayrim boshqa obyektlar Eron 2000-yillar boshida tugatgan “e’lon qilinmagan tuzilgan yadroviy dastur”ning bir qismi bo‘lganini ma’lum qilgan edi. Grossining qayd etishicha, u yerda deklaratsiya qilinmagan yadroviy materiallar ishlatilgan.







