Jahon

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Samolyot aholi turar joy hududiga qulagan.

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi

Air India aviakompaniyasiga tegishli yo‘lovchi samolyoti Hindistonning Ahmadobod shahridan Londonga parvoz qilish chog‘ida halokatga uchradi. Samolyot havoga ko‘tarilganidan bir necha daqiqa o‘tib, Gujarot shtatidagi Meganinar tumanidagi turar joy hududiga qulagan.

 

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bortda 232 nafar yo‘lovchi va 12 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan. Halokat joyidan ko‘tarilgan qora tutun bir necha kilometr uzoqlikdan ham ko‘zga tashlandi. Hududdagi yo‘llar vaqtincha yopilgan, qutqaruv ishlariga ko‘plab xizmatlar jalb etilgan.

 

Air India kompaniyasi hodisa yuz berganini tasdiqladi va hozirda voqea tafsilotlarini aniqlayotgani haqida ma’lumot berdi. Samolyot AI171 reysi bo‘lib, Ahmadobod – London (Gatvik) yo‘nalishida parvoz qilayotgan edi. Rasmiylar halokat sabablari va jabrlanganlar soni haqida keyinroq ma’lumot berishini bildirgan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Hindistonda yo‘lovchi samolyoti halokatga uchradi | Zamon.uz