Jahon

Janubiy Afrikada kuchli qor va yomg‘ir yog'ishi kuzatilmoqda

Oqibatda 49 kishi halok bo'lgan.

Janubiy Afrikada kuchli qor va yomg‘ir yog'ishi kuzatilmoqda

 

Janubiy Afrikaning Sharqiy Keyp provinsiyasida kuchli yomg‘ir va qor yog‘ishi oqibatida suv toshqinlari yuzaga kelib, kamida 49 kishi halok bo‘ldi. Al-Jazira xabariga ko‘ra, fojia asosan tog‘li hududlarda ro‘y bergan bo‘lib, ko‘plab yo‘llar yopilib, elektr ta’minoti uzilgan.

 

Sharqiy Keyp gubernatori Lubabalo Oskar Mabuyane matbuot anjumanida maktab avtobusi suvga oqib ketgani natijasida olti o‘quvchi halok bo‘lgani, to‘rt nafari bedarak yo‘qolgani va uch nafari qutqarib qolinganini ma’lum qildi. U, shuningdek, ko‘chki va yo‘llardagi tirbandliklar qutqaruv ishlarini jiddiy qiyinlashtirayotganini aytdi.

 

Tabiiy ofat natijasida mamlakat janubi va sharqida yuz minglab uylar elektr energiyasiz qoldi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, taxminan 500 kishi vaqtinchalik boshpanalarga ko‘chirilgan. Qutqaruv ishlari hozirda davom etmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Janubiy Afrikada kuchli qor va yomg‘ir yog'ishi kuzatilmoqda | Zamon.uz