Tinch okeanida bir haftadan buyon kema yonmoqda
Gibrid va elektr avtomobillar ortilgan kema Tinch okeanida yong‘in ichida qolmoqda.

Tinch okeanida, Alyaska yaqinida joylashgan hududda “Morning Midas” nomli yuk kemasida yuzaga kelgan yong‘in bir haftadan buyon to‘xtamayapti. Xitoydan Meksikaga yo‘l olgan ushbu avtotashuvchi kemaning bortida 3000 dan ortiq avtomobil, jumladan 681 dona gibrid va 70 dona elektr mashina bo‘lgan.
5-iyun kuni boshlangan yong‘in natijasida kema jiddiy zarar ko‘rgan. AQSh Sohil Xavfsizlik xizmati kemani nazorat ostiga olish, yong‘inni to‘liq o‘chirish va uni xavfsiz hududga yetkazish ustida ish olib bormoqda. Mutasaddilar kema egasi bilan yaqin hamkorlikda harakat qilmoqda.
22 nafar ekipaj a’zosi dastlab o‘z kuchlari bilan yong‘inni o‘chirishga urinib ko‘rgan, ammo muvaffaqiyatga erisha olmagan. Natijada AQSh qirg‘oq xavfsizlik xizmati ularni boshqa kemaga evakuatsiya qilgan.







