Turkiyada ommaviy oziq-ovqatdan zaharlanish avj oldi
39 kishi kasalxonaga yotqizilgan.

Turkiyaning Amasiya shahri Hojilar maydoni mahallasida o‘tkazilgan oilaviy ziyofat ortidan 39 nafar kishi ovqatdan zaharlanish alomatlari bilan shifoxonaga yotqizildi. Mehmonlarda ko‘ngil aynishi, oshqozon og‘rig‘i va qayt qilish holatlari kuzatilgan.
Voqea mahalliy uyda bo‘lib o‘tgan ziyofatdan so‘ng sodir bo‘lgan. Jabrlanganlar zudlik bilan tez yordam mashinalarida shifoxonaga yetkazilgan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda, holatlari o‘rta darajada og‘ir ekani aytilmoqda.
Hodisa yuzasidan mahalliy hokimlik va sog‘liqni saqlash idoralari tomonidan tergov ishlari boshlangan. Ayni paytda zaharlanish sababini aniqlash bo‘yicha laboratoriya tekshiruvlari olib borilmoqda.







