Yevropa Xitoyning ikki bankiga sanksiyalar joriy etmoqchi
Banklar Rossiyaga sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergani aytilmoqda.

Yevropa Ittifoqi (YI) Rossiyaga nisbatan sanksiyalarni chetlab o‘tishda yordam bergani uchun Xitoyning ikki kichik bankiga qarshi sanksiyalar joriy qilishni taklif qilmoqda. Bu haqda Bloomberg xabar berdi.
Xabarga ko‘ra:
– Mazkur ikki bank Rossiya bilan chegara yaqinida joylashgan;
– Sanksiyalar doirasida ular bilan har qanday moliyaviy bitimlar taqiqlanishi kutilmoqda.
Xitoy banklari Yevropa Ittifoqining savdo cheklovlarini aylanib o‘tishda Rossiyaga yordam berganlikda gumon qilinmoqda.
YI hozircha ushbu banklarning nomini ochiqlamagan.







