Jahon

Isroillik talabalar bog‘ichlarni bog'lash mashinasini ixtiro qilishdi

Ushbu ixtiro keksa va nogironlar uchun aqlli yordamchi hisoblanadi.

Isroillik talabalar bog‘ichlarni bog'lash mashinasini ixtiro qilishdi

 

Isroilning Ariel universiteti talabalari keksa va nogiron insonlarga poyabzal bog‘ichlarini bog‘lashda yordam beradigan maxsus qurilma — “Tie-Robot”ni yaratishdi. Loyiha muallifi, 4-kurs talabasi Yam Dahan ushbu g‘oyani 88 yoshli bobosi Devid Kravtsovdan ilhomlanib boshlagan.

 

“Men bobomni ko‘rgani borganimda, oddiy bog'ich bog‘lash qanchalik og‘ir bo‘lishini o‘z ko‘zim bilan ko‘rdim. Shu paytdan boshlab bu muammoni hal qilishni oldimga maqsad qilib qo‘ydim”, — deydi Dahan.

 

U o‘z kursdosh do‘stlari Ido Klein va Gilel Landau bilan hamkorlikda “Tie-Robot”ni loyihalashga kirishdi. Biroq, dastlab oddiy ko‘ringan bu vazifa aslida murakkab mexanik yechimlarni talab qilgani ayon bo‘ldi.

 

“Bog‘ichlarni bog‘lash uchun uch o‘q bo‘ylab sinxron harakatlar zarur. Bu mexanik jihatdan murakkab vazifa”, — deya tushuntirdi muallif.

 

Jamoa bu murakkablikni soddalashtirish va qurilmani arzonlashtirish yo‘lini topdi. Natijada, “Tie-Robot” bitta tugmani bosish orqali toza kamon yasaydi va bog‘ichlarni bog‘laydi — barchasi foydalanuvchidan deyarli hech qanday harakat talab etmaydi.

 

Talabalar loyihasi kelajakda keng ommaga mo‘ljallangan innovatsion mahsulotga aylanishi mumkin. Yirik kompaniyalar, jumladan Nike, ilgari poyabzalni avtomatik tozalovchi robotlar ishlab chiqqani, bu yo‘nalishga bo‘lgan qiziqish kuchli ekanini ko‘rsatadi.

 

Bu kichik ixtiro — oddiy ehtiyojdan tug‘ilgan katta yordamga aylanmoqda.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Isroillik talabalar bog‘ichlarni bog'lash mashinasini ixtiro qilishdi | Zamon.uz