Angliyada 2000 yillik ulkan etik topildi
Etikning uzunligi 32 sm.

Buyuk Britaniyaning shimolidagi qadimgi Rim qal’asi Magna (hozirgi Karvoran)da olib borilgan qazishmalar davomida 2000 yillik charm etik topildi.
Kislorodsiz sharoitda yaxshi saqlanib qolgan etik uzunligi 32 sm bo‘lib, bu erkaklar etik o‘lchami bo‘yicha taxminan 48,5 ga teng. Topilma suv to‘ldirilgan ariq tubidan aniqlandi.
Etik ko‘p qavatli charmdan tayyorlangan, mixlar, bog‘ichlar va tikuvlar bilan mustahkamlangan. Olimlar bu topilma Rim askarlarining hayot tarzi va poyafzal ishlab chiqarish texnologiyasini o‘rganishda muhim manba bo‘lishini ta’kidlamoqda.
Arxeologlar bu kabi topilmalar qadimgi Rimda harbiylar o‘lchami, kiyim-kechak sifati va kundalik hayot haqida ko‘proq ma’lumot olishga yordam berishini, ayniqsa bu etik egasining noodatiy katta o‘lchami e’tiborni tortayotganini aytmoqda.







