Jahon

Eronda Natanzdagi zarbadan so‘ng ichki radiatsiya aniqlangan

Bu haqda atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik bosh direktori ma’lum qildi.

Eronda Natanzdagi zarbadan so‘ng ichki radiatsiya aniqlangan

Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi Isroil tomonidan Erondagi Natanz uran boyitish markaziga uyushtirilgan hujumdan so‘ng inshoot ichida alfa-zarralar ajralib chiqqanini ma’lum qildi.


Grossining aytishicha, inshoot tashqarisidagi radiatsiya darajasi o‘zgarmagan va mavjud himoya choralar bilan nazorat qilinmoqda. U, shuningdek, har qanday holatda ham yadroviy inshootlarga hujum qilinmasligi kerakligini qat’iy ta’kidladi.


“Bunday hujumlar nafaqat atrof-muhit, balki butun insoniyat uchun xavf tug‘diradi. Bu holatlar global yadro xavfsizligi, mintaqaviy va xalqaro tinchlik uchun og‘ir oqibatlarga olib kelishi mumkin”, — dedi Grossi.


Eron Atom energiyasi tashkiloti rahbari Muhammad Islomi esa Natanzdagi inshootga yetgan zarar katta emasligini bildirib, radiatsiya sizib chiqishi holati aniqlanmaganini ta’kidladi. Unga ko‘ra, zarar faqat mahalliy darajada bo‘lgan va qurbonlar yo‘q.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Eronda Natanzdagi zarbadan so‘ng ichki radiatsiya aniqlangan | Zamon.uz