Ko‘r sichqonlarning ko‘rish qobiliyati nanoprotez yordamida tiklandi
Tajriba davomida sichqonlar yana yorug‘likka reaksiya bildirgan.

Xitoylik olimlar tellyur nanosimlardan tayyorlangan to‘r pardaning nanoprotezini sichqonlarga implantatsiya qilish orqali ularning ko‘rish qobiliyatini qisman tiklashga muvaffaq bo‘lishdi. Ushbu texnologiya zarar ko‘rgan fotoreseptorlarni chetlab o‘tib, yorug‘lik signallarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘ruv nerviga uzatadi.
Tajriba davomida sichqonlar yana yorug‘likka reaksiya bildirgan va oddiy tasvirlarni ajrata boshlagan. Eng e’tiborlisi, bu protez infraqizil nurlarni ham qabul qiladi hamda tashqi quvvat manbalariga ehtiyoj sezmasdan ishlaydi.
Olimlar bu usul kelajakda pigmentli retinit va makulodistrofiya kabi to‘r parda kasalliklariga chalingan millionlab insonlarga umid bag‘ishlashi mumkinligini ta’kidlamoqda.







