Yevrokomissiya rahbari Isroil va Eronni keskinlikni kamaytirishga chaqirdi
Ursula Isroil prezidenti bilan telefon orqali suhbatlashdi.

Yevrokomissiya rahbari Ursula fon der Lyayen Isroil prezidenti Isaak Gertsog bilan telefon orqali suhbatlashib, Yaqin Sharqdagi vaziyatni muhokama qildi va tomonlarni keskinlikni yumshatishga chaqirdi.
Fon der Lyayen X ijtimoiy tarmog‘ida e’lon qilgan bayonotida Isroilning o‘zini va xalqini himoya qilish huquqini qo‘llab-quvvatlaganini, shu bilan birga mintaqaviy barqarorlikni saqlash zarurligini ta’kidladi.
U, shuningdek, barcha tomonlarni maksimal darajada vazminlik bilan harakat qilishga va ziddiyatni kuchaytirmaslikka chaqirdi.







