Jahon

Afinada vertolyot dengizga qulab tushdi

Fojia oqibatida halok bo'lganlar yo'q.

Afinada vertolyot dengizga qulab tushdi

 

Yunoniston poytaxti Afinaning Vulyagmeni kurort hududi yaqinida vertolyot dengizga qulab tushdi. Skai telekanalining xabar berishicha, hodisa vaqtida bortda bo‘lgan besh kishining barchasi tirik qolgan, to‘rt nafar yo‘lovchi yengil tan jarohatlari olgan.

 

Vertolyot Vulyagmeni ko‘rfazida turgan yaxtadan havoga ko‘tarilganidan so‘ng qisqa fursatda dengizga qulab tushgan. Ma’lum qilinishicha, u Mikonos oroliga yo‘l olgan edi.

 

Hodisadan so‘ng qutqaruv ishlari darhol boshlangan, shishiriladigan qayiqlar yordamida bortdagilar xavfsiz tarzda suvdan chiqarib olingan. Vertolyotning aniq modeli hozircha e’lon qilinmagan. Avariya yuzasidan tekshiruv ishlarini Vulyagmeni port xizmati olib bormoqda.

custom img

Qimmatbaho sovg‘alar ishi: Janubiy Koreyada sobiq birinchi xonimning qamoq jazosi qisqartirildi

Kim Geon Xi qimmatbaho sovg‘alarni mansab tayinlovlari va boshqa xizmatlar evaziga olganlikda ayblangan.

custom img

Tramp rejasi: AQSH, Daniya va Grenlandiya kelishuv imzoladi

Kelishuv AQSHning Grenlandiyadagi harbiy infratuzilmasini kengaytirish imkonini beradi.

custom img

Mojaro qishdan oldin tugashi mumkin — Tramp

AQSH prezidenti Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqindan ishlayotganini ma’lum qilib, mojaro bo‘yicha kelishuvga erishilishiga umid bildirdi.

custom img

Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi sanksiyalarni uzaytiradi: Alisher Usmonov ro‘yxatdan chiqariladi

Qaror Latviya avvalgi e’tirozidan voz kechib, ovoz berishda betaraf qolganidan so‘ng ma’qullangan.

custom img

“Kelishuv bo‘lmasa, Eronni yo‘q qilamiz”: Tramp BMTda Eron haqida gapirdi

Donald Tramp boshqa davlatlarni Tehronni iqtisodiy jihatdan yakkalashga va muzokaraga majburlashga chaqirdi.

custom img

Eronga parvozlar to‘xtatildi: Turkiyaning uchta aviakompaniyasi qaror qabul qildi

Turkiyaning Turkish Airlines, AJet va Pegasus aviakompaniyalari 21-sentyabrdan Eronga va Erondan amalga oshiriladigan reyslarni to‘xtatdi. Bu AQSHning Eron aviatsiya sektoriga nisbatan yangi sanksiyalari kuchga kirishi fonida yuz berdi.

custom img

Maktabdagi otishma: Turkiyada 10 kishi yaralandi

15 yoshli o‘quvchi miltiq bilan maktab oldiga borib, otishma uyushtirgan.

custom img

5 mlrd dollar ajratiladi: AQSH Yaqin Sharq energetikasini tiklashni taklif qildi

Umumiy qiymati 10 mlrd dollarga yetishi mumkin bo‘lgan fond Hurmuz bo‘g‘oziga neft va gaz tashishda qaramlikni kamaytiruvchi infratuzilmani rivojlantirishga ham yo‘naltiriladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"