AQShning o‘nlab harbiy samolyotlari sharqqa yo‘l oldi
Samolyotlar Atlantika okeani orqali sharqqa qarab harakatlana boshlagan.

AQSh harbiy-havo kuchlariga tegishli o‘nlab KC-135 Stratotanker yonilg‘i quyish samolyotlari bazalarni tark etib, Atlantika okeani orqali sharqqa qarab harakatlana boshladi. Bu haqda Flightradar24 va boshqa aviatsiya kuzatuv platformalari xabar berdi.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 16–27-iyun kunlari Finlyandiyada bo‘lib o‘tadigan NATOning “Atlantic Trident 25” mashg‘ulotlariga aynan shunday turdagi samolyotlar jalb etilgan.
Biroq ayrim kuzatuv kanallari bu harakat Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik bilan bog‘liq bo‘lishi mumkinligini istisno etmayapti. Rasmiylar bu borada hali izoh bergani yo‘q.







