Hayfada elektr stansiyasi yonib ketdi
Mahalliy aholi orasida vahima va xavotir kuchaymoqda.

Isroilning Hayfa shahrida joylashgan elektr stansiyasi Eron tomonidan uchirilgan raketalar zarbasiga uchragan.
Mahalliy ommaviy axborot vositalariga ko‘ra, Eron raketalari Hayfadagi muhim infratuzilma obyektini nishonga olgan. Portlashdan so‘ng kuchli tutun ko‘tarilgan va stansiyada yong‘in boshlangan.
Al-Jazira esa Isroilning bir nechta shaharlarida portlash ovozlari eshitilganini bildirgan. Voqea yuzasidan hozircha Isroil rasmiylari rasmiy bayonot bermagan.
Mahalliy aholi orasida vahima va xavotir kuchaygan, chunki elektr stansiyasi hududidagi aholi punktlari muhim ta’minot manbayiga yaqin joylashgan.







