Peru poytaxti yaqinida kuchli zilzila sodir bo‘ldi
Shaharda 6,1 magnitudali kuchli zilzila qayd etilgan.

Peru poytaxti Lima yaqinida 6,1 magnitudali kuchli zilzila qayd etildi. Bu haqda Peru geofizika instituti xabar berdi.
Zilzilaning epitsentri Kallao provinsiyasidan 30 km janubi-g‘arbda, 49 km chuqurlikda joylashgan. Tabiiy ofat poytaxt va unga yaqin hududlarda sezilgan.
Hozircha zilzila oqibatida qurbonlar yoki vayronagarchiliklar haqida rasmiy ma’lumotlar berilmagan. Mahalliy rasmiylar holatni o‘rganmoqda.
Mutasaddilar aholiga hushyor bo‘lishni va rasmiy manbalardan kelayotgan ma’lumotlarni kuzatib borishni tavsiya qilmoqda.






