Rossiya–Ukraina muzokaralari yana Istanbulda o‘tkazilishi mumkin
Istanbul muzokaralar uchun yana muhim platforma bo‘ladi.

Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi muzokaralarning navbatdagi bosqichi yana Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilishi mumkin. Bu haqda Kreml matbuot kotibi Dmitriy Peskov gazeta.ru nashriga bergan bayonotida ma’lum qildi.
Peskovning so‘zlariga ko‘ra, Istanbul oldingi marta bo‘lgani kabi, yana muzokaralar uchun muhim platforma vazifasini bajarishi mumkin. Biroq, u hozircha uchrashuvning aniq sanasi belgilanmaganini ta’kidlab o‘tdi.







