Tehronliklar poytaxtni ommaviy tark etmoqda
Boshpanalarning yetishmasligi aholini vahimaga solmoqda.

Isroilning davom etayotgan hujumlari tufayli ko‘plab eronliklar xavfsizroq joy izlab Tehronni tark etmoqda. CNN xabariga ko‘ra, shaharda bombapanohlar yetishmasligi aholini yanada vahimaga solmoqda.
Isroil zarbalaridan zarar ko‘rgan “Saodatobod” mahallasi fuqarolari portlashlar butun uylarni larzaga keltirganini aytishgan. Yerto‘lalar va metrolar boshpana sifatida ishlatilmoqda. Tehron metrosi kechadan boshlab to'xtovsiz ishlamoqda.
Shaharda kundalik hayot qisman davom etmoqda. Do‘konlar to‘la, ammo gaz va naqd pul uchun navbatlar uzoq. Odamlar oziq-ovqat, suv va zarur mahsulotlarni zaxarlamoqda.
Poytaxtni tark etayotganlarning aksariyati Kaspiy dengizi bo‘yidagi hududlarga yo‘l olmoqda. Yo‘llardagi tirbandliklar va benzin taqchilligi esa muammoni yanada kuchaytirmoqda.







