Jahon

Turkiyada ikkita havo shari qulab tushdi

Havo sharining qulashiga kuchli shamol sabab bo‘lgan.

Turkiyada ikkita havo shari qulab tushdi

 

Turkiyaning mashhur turistik mintaqasi Kapadokiyada ikki havo shari qulab tushdi. Aksaray viloyatida yuz bergan ushbu hodisada bir kishi halok bo‘ldi, yana 12 kishi tan jarohati olgan.

 

Mahalliy ommaviy axborot vositalari xabarlariga ko‘ra, halok bo‘lgan shaxs 37 yoshli shar uchuvchisi bo‘lib, u shar qo‘nayotganda savat ostida qolib ketgan. Jabrlanganlar orasida Indoneziyalik sayyohlar bo‘lgan.

 

Voqea joyiga zudlik bilan politsiya, qutqaruvchilar va o‘t o‘chirish brigadalari yetib kelgan. Yaradorlar yaqin kasalxonaga yetkazilgan, ularning ahvoli yengil deb baholanmoqda.

 

Rasmiylarning ma'lumotlariga ko‘ra, havo sharlarining parvozi tonggi soat 5:00 atrofida, mashhur Ixlara vodiysidan boshlangan. Taxminan 7:00 da esa kuchli va keskin shamol boshlanib, ikkala sharni boshqaruvdan chiqargan. Qancha balandlikdan qulagani haqida hozircha rasmiy ma’lumot berilmagan.

custom img

Qozog‘istonda elektr skuterlarni piyodalar yo‘laklarida haydash taqiqlandi

Cheklovlar yo‘l-transport hodisalari sonining ortib borayotgani sabab joriy etilgan.

custom img

AQSh Eron bilan aloqador 60 dan ortiq tashkilot, shaxs va kemaga sanksiya joriy qildi

Vashingtonning maqsadi Eronni xalqaro miqyosda yanada yakkalash va Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining moliyalashtirish manbalarini cheklashdan iborat.

custom img

Singapur oilalarga har bir farzand uchun 55 ming dollardan ortiq yordam beradi

Mamlakat tug‘ilish darajasini oshirish maqsadida oilalarni qo‘llab-quvvatlash choralarini kengaytirmoqda.

custom img

AQSh 200 minggacha vizalarni bekor qilishi mumkin

Viza bekor qilinishi uning egasi darhol AQShdan deportatsiya qilinishini anglatmaydi.

custom img

AQSh Suriyani terrorizmni qo‘llab-quvvatlovchi davlatlar ro‘yxatidan chiqardi

Endi ro‘yxatda Kuba, Eron va Shimoliy Koreya qolmoqda.

custom img

Eronda Trampning o‘g‘lini o‘ldirganlik uchun 10 mln dollar mukofot va’da qilindi

Eron televideniyesi Barron Trampning ehtimoliy manzillari va universitetga borish yo‘nalishi ko‘rsatilgan lavhani e’lon qildi.

custom img

Eron kelgusi 50 yillik tahdidlarga tayyorgarlik ko‘rmoqda

Mudofaa vazirligi mamlakatga kelgusida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavfsizlik tahdidlarini o‘rganib, mudofaa siyosatining uzoq muddatli yo‘nalishlarini belgiladi.

custom img

“Urush davom etayotgan paytda saylov o‘tkazish Ukrainani parchalab yuboradi” – Zelenskiy

Ukraina prezidenti mamlakatda saylov o‘tkazish masalasini muhokama qilishdan avval urush sharoitidagi xavfsizlik muammolari va jamiyatdagi ehtimoliy bo‘linishlarni hisobga olish zarurligini ta’kidlagan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"