Yunonistonda gumanoid robotlar Olimpiadasi o‘tkaziladi
Gumanoid robotlar ilk bor sport Olimpiadasida qatnashadi.

2025-yil 29-avgustdan 2-sentabrgacha Yunoniston tarixiy voqeaga mezbonlik qiladi – bu yerda ilk bor gumanoid robotlar Olimpiadasi bo‘lib o‘tadi. Tadbir doirasida odamlarga o‘xshash mashinalar an’anaviy sport turlarida – yugurish, sakrash, nayza uloqtirish kabi musobaqalarda o‘zaro kuch sinashadi.
Shuningdek, robotlar chaqqonlik, reaksiya tezligi va murakkab harakatlarni bajara olish qobiliyatlari bo‘yicha ham bellashadilar.
Olimpiada doirasida keng ilmiy dastur ham rejalashtirilgan. Unda olimlar, muhandislar, talabalar va sun’iy intellekt ixlosmandlari ishtirok etib, ma’ruzalar o‘qishadi, amaliy mashg‘ulotlar va texnologik yutuqlarini namoyish etishadi.







