Jahon

Braziliyada ikki yoshli bola onasini otib qo‘ydi

Ayol og‘ir jarohat bilan shifoxonaga yetkazilgan.

Braziliyada ikki yoshli bola onasini otib qo‘ydi

Braziliyaning Mato-Grosso-do-Sul shtatida dahshatli hodisa yuz berdi. Ikki yoshli bola tasodifan onasini otib qo‘ydi.

 

Mahalliy OAVlarning xabar berishicha, voqea bolaning ota-onasi bilan hovlida bo‘lgan paytda sodir bo‘lgan. Bola stol ustida turgan otasining to‘pponchasini olib, onasiga qaratib o‘q uzgan. Ayol og‘ir jarohat olib shifoxonaga yetkazilgan, ammo hayotini saqlab qolishning imkoni bo‘lmagan.

 

Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, marhumaning turmush o‘rtog‘i fermer bo‘lib, qurol saqlash va olib yurishga ruxsatnomasi bo‘lgan. Shunga qaramay, u qurolni noto‘g‘ri saqlaganlik va ehtiyotsizlik bilan odam o‘limiga sabab bo‘lganlik (manslaughter) ayblovlari bilan javobgarlikka tortilgan.

 

Bu fojiali voqea qurollarning xavfsiz saqlanishi va bolalardan uzoqroq joylashtirilishi kerakligini yana bir bor eslatadi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Braziliyada ikki yoshli bola onasini otib qo‘ydi | Zamon.uz