Okean tubida noyob “suv osti mo‘jizasi” aniqlandi
Mo'jiza 700 metr chuqurlikda topilgan.

Olimlar Janubiy Atlantika okeanidagi Janubiy Sandvich orollari yaqinida noyob suv osti ekotizimini kashf etdilar. 700 metr chuqurlikda olib borilgan 35 kunlik ekspeditsiya davomida ilgari noma’lum bo‘lgan hayvonot va o‘simliklar dunyosi qayd etildi.
Mazkur hududda gidrotermal teshiklar, issiq suv mo‘rilari, qizil marjonlar, parazit baliqlar, noyob salyangozlar va boshqa ekzotik jonzotlar aniqlandi. Tadqiqotchilar bu muhitni o‘zgacha, rang-barang va ekologik jihatdan o‘ta boy deb ta’riflamoqda.
Kashfiyotning eng diqqatga sazovor jihati — ilgari faqat nazariy jihatdan mavjud deb hisoblangan “Akarotaksis” turiga mansub baliqlarning ilk bor suratga olinishi bo‘ldi. Bu baliqlar mutlaqo qorong‘u va yuqori bosimli muhitda yashaydi.
Mutaxassislar bu suv osti hududini Yer yuzidagi eng ajralgan va biologik xilma-xilligi yuqori joylardan biri sifatida tasvirlamoqda. Kashfiyot kelajakda okean hayoti va sayyoramizdagi hayot turlari haqida chuqurroq tasavvurga ega bo‘lishga yordam beradi.







