Ronaldu Trampga imzoli futbolka sovg‘a qildi
Afsonaviy futbolchi AQSh prezidentini “tinchlik tarafdori” deya ta'kidladi.

Besh karra “Oltin to‘p” sohibi, portugaliyalik afsonaviy futbolchi Krishtianu Ronaldu AQSh prezidenti Donald Trampga o‘z imzosi tushirilgan milliy terma jamoa futbolkasini sovg‘a qildi.
Futbolkada “Tinchlik tarafdori bo‘lgan Prezident Donald Trampga” degan so‘zlar yozilgan. Sovg‘a Trampga Yevropa Kengashi prezidenti Antonio Kosta orqali tantanali ravishda topshirilgan.
Ronaldu hozirda 40 yoshda. U besh karra UEFA Chempionlar Ligasi g‘olibi, Yevropa chempioni, ikki karra Millatlar ligasi g‘olibi hamda bir qator yirik turnirlarning eng yaxshi to‘purari sifatida tarixga kirgan. Shuningdek, u rasmiy o‘yinlarda 900 ta gol urgan birinchi futbolchidir.







