Rossiya Kievga hujum qildi
Hujumlar oqibatida 14 kishi halok bo‘lgan.

17 iyunga o‘tar kechasi Rossiya Kiev shahriga ommaviy havo hujumlari uyushtirdi.
Hujumlar asosan dronlar orqali amalga oshirilgan.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 nafar ukrainalik halok bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi tan jarohati olgan, 10 kishi bedarak yo‘qolgan.
Bu Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan harbiy harakatlari doirasida navbatdagi yirik hujum hisoblanadi.







