Shvetsiyada Rossiya vakolatxonasiga hujum uyushtirildi
Stokgolmda Rossiya savdo missiyasiga dron bo‘yoq hujumi uyushtirildi.

Shvetsiyaning poytaxti Stokgolmda joylashgan Rossiya savdo missiyasiga uchuvchisiz uchish apparati yordamida hujum uyushtirildi. Dron vakolatxona binosining kirish qismiga bo‘yoq qopini tashlagan.
Xabarlarga ko‘ra, ushbu voqea haqida Rossiyaning Stokgolmdagi elchixonasi rasmiy bayonot bilan chiqqan.
“Bu hodisa so‘nggi paytlarda diplomatik vakolatxonamiz binolariga qarshi uyushtirilayotgan hujumlar seriyasining davomi bo‘lib, xodimlarimiz xavfsizligiga jiddiy tahdid soladi hamda vakolatxona mulkiga zarar yetkazadi”, — deyiladi elchixona Telegram kanalida joylashtirilgan rasmiy murojaatda.
Rasmiylar dron hujumini provokatsion harakat sifatida baholamoqda va Shvetsiya rasmiylaridan bu kabi holatlarning oldini olish bo‘yicha qat’iy choralar ko‘rishni talab qilmoqda.







