Jahon

Trump brendi ostida oltin rangli smartfon taqdim etiladi

Smartfon 499 dollarga sotiladi.

Trump brendi ostida oltin rangli smartfon taqdim etiladi

AQSH prezidenti Donald Trampning oila biznesi — Trump Organization, 499 dollarlik oltin rangli smartfon va oyiga 47,45 dollar turadigan mobil xizmatni taqdim etmoqda. Qurilma va xizmat Trampning 45 va 47-prezidentlik raqamlari sharafiga chiqarilayotgani aytilgan.

 

Tashkilot Trampning farzandlari boshqaruvida bo‘lib, bu qaror ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi va korrupsiya xavotirlariga sabab bo‘lmoqda. Citizens for Responsibility and Ethics vakili Megan Folkner bu orqali Tramp oilasi yana foyda olish yo‘lini topganini tanqid qildi.

 

Yangilik Tramp Apple rahbari Tim Kukni iPhone’larni AQSHda ishlab chiqarishga undayotgan vaqtda e’lon qilindi. Prezident ilgari chet elda ishlab chiqarilgan telefonlarga 25% lik boj solig‘i joriy etishni taklif qilgan edi.

 

Trump telefoni uchun mijozlarga xizmat ko‘rsatish xizmati yo‘lga qo‘yiladi va qurilmaga oldindan buyurtma berish allaqachon boshlangan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Trump brendi ostida oltin rangli smartfon taqdim etiladi | Zamon.uz