Jahon

AQSh harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi

AQSh dengiz kuchlari Fors ko‘rfazidan chiqib ketdi.

AQSh harbiy kemalari Bahrayndagi bazani tark etdi

 

Xabarlarga ko‘ra, sun’iy yo‘ldosh tasvirlari Bahrayndagi AQSh harbiy-dengiz kuchlari 5-operatsion floti joylashgan bazada AQSh harbiy kemalarining to‘liq yo‘qligini qayd etdi.

 

Monitoring ma’lumotlariga ko‘ra, ilgari baza akvatoriyasida langarda turgan bir nechta jangovar kema, to‘rtta mina trali va maxsus operatsiyalar kemasi hozirda mavjud emas. Ularning aniq qaerga yo‘l olgani haqida rasmiy ma’lumot berilmagan.

 

Mutaxassislar bu harakatni keskinlik davrida qo‘llaniladigan xavfsizlik strategiyasining bir qismi sifatida izohlamoqda. Harbiy kemalarni tarqatish — ularni mojaroga yaqin hududlardan vaqtincha chekinishi — har xil flotlar tomonidan mojarolarga tayyorgarlik va ehtiyot chorasi sifatida qo‘llaniladi.

 

Shuni alohida ta’kidlash joizki, Bahrayndagi dengiz bazasi Fors ko‘rfazi hududida strategik ahamiyatga ega bo‘lib, u Eronning janubiy qirg‘oqlariga yaqin joylashgan. Mazkur baza nafaqat AQSh, balki Buyuk Britaniya dengiz kuchlari uchun ham muhim operatsion markaz hisoblanadi.

custom img

Eronga qochish: 17 nafar afg‘on tashnalikdan halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida bir oilaning besh nafar a’zosi ham bor.

custom img

Husiylar Saudiya Arabistoniga zarba berdi: Ar-Riyod “qat’iy javob” va’da qildi

Husiylar Saudiya hududiga uyushtirgan raketa va dron hujumlarini Yamandagi Saudiya havo zarbalariga javob sifatida izohladi.

custom img

AQSh sudi yangi viza qoidalarini blokladi: jurnalist va talabalar uchun cheklovlar vaqtincha to‘xtatildi

Taklif etilgan yangi tartibga ko‘ra, xorijiy talabalar AQShda to‘rt yilgacha, jurnalistlar esa 240 kungacha qolishi mumkin edi.

custom img

Tramp muzokarani taklif qildi, Eron shart qo‘ydi

Eron rasmiysi AQSh bilan muzokaralar uchun belgilangan shartlarga amal qilinishini talab qildi.

custom img

Netanyaxu G‘azo haqidagi filmni tanqid qildi: uni antisemitik targ‘ibot deb atadi

Isroil bosh vaziri Venetsiya kinofestivalida mukofotlangan “NAZA” hujjatli filmiga keskin munosabat bildirdi.

custom img

Xitoy sun’iy intellekt poygasini tanqid qildi: Pekin hamkorlikka chaqirdi

Pekin sun’iy intellekt sohasidagi raqobatni keskinlashtirish va texnologik ustunlikka intilish haqidagi qarashlarni tanqid qildi.

custom img

O‘zbekiston Birinchi xonimi Koreya Milliy saroy muzeyiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva va Kim Xe Gyon ikki tomonlama uchrashuv o‘tkazdi.

custom img

Yevropada gaz narxi keskin oshdi: 2022-yil oxiridan beri eng yuqori ko‘rsatkich

Yevropa gaz bozori Yaqin Sharqdagi vaziyat va muhim transport yo‘nalishlarida yuzaga kelayotgan xavflar fonida bosim ostida qoldi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"