Jahon

Isroil qattiq senzura joriy qildi

Muxbirlarga reportaj olib borish taqiqlandi.

Isroil qattiq senzura joriy qildi

Isroil politsiyasi Eron zarbasidan keyin Xayfa shahrida xorijiy jurnalistlarga reportaj olib borishni qat’iyan taqiqladi. Bu hududda mamlakatdagi eng yirik neftni qayta ishlash zavodiga zarba berilgani aytilmoqda.

 

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar gorizont chizig‘ini suratga olayotgan bir nechta muxbirlarni hibsga olib, ularning texnik vositalari va uskunalarini musodara qilgan. Ushbu choralar xavfsizlik nuqtayi nazaridan zarur, deb izoh berilgan.

 

Avvalroq Isroil Mudofaa armiyasi fuqarolarga zarba berilgan joylar va u yerda yetkazilgan zararning surat hamda videolarini e’lon qilishni man etgan edi. Bu ogohlantirish strategik obyektlarga oid tasvirlar ommaga tarqalganidan so‘ng joriy qilingan.

 

Ekspertlarga ko‘ra, bu senzura Isroilning strategik inshootlarini ommaviy axborot vositalarida yoritilishidan himoyalashga qaratilgan bo‘lib, xavfsizlik tahdidlari kuchaygan sharoitda amalga oshirilmoqda.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.

Isroil qattiq senzura joriy qildi | Zamon.uz