Jahon

Namibiyada SIM-kartasiz ishlaydigan telefon yaratildi

Qurilma radiochastotalar orqali qo'ng'iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi.

Namibiyada SIM-kartasiz ishlaydigan telefon yaratildi

Namibiyalik yosh ixtirochi Simon Petrus SIM-karta va efir vaqti (airtime) talab qilmaydigan mobil telefonni yaratdi. Mazkur telefon an’anaviy uyali aloqa tarmoqlaridan foydalanmasdan, radiochastotalar orqali bevosita qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish imkonini beradi. Qurilma mustaqil aloqa tizimi sifatida ishlaydi va har qanday tarmoq, trafik yoki SIM-kartaga ehtiyoj sezmaydi.

 

Simon Petrus bu loyihani talabalik davrida, qayta ishlangan eski elektron qurilmalar – uy telefoni, televizor va ikki tomonlama radiolardan foydalanib yaratgan. U telefonni qisqa to‘lqinli chastotalarda ishlaydigan aloqa qurilmasi sifatida ishlab chiqqan.

 

Telefonning yana bir jihati – u qo‘shimcha funksiyalarni ham o‘z ichiga oladi. Qurilmaga kichik televizor, LED chiroq, ventilyator va USB quvvatlash portlari o‘rnatilgan. Ularning barchasi bitta oddiy radiatorli tizim orqali quvvatlanadi.

 

Simon Petrus ixtirosini ilk bor maktab ilmiy yarmarkasida taqdim etib, keng jamoatchilik e’tiborini qozongan va mukofot sohibi bo‘lgan. Shundan so‘ng u mahalliy hamda xalqaro ommaviy axborot vositalarining ham diqqat markaziga tushgan.

 

Biroq Petrus o‘rta maktabdan keyin oliy ta’limga kirishda qiyinchiliklarga duch kelgan. U 2023-yilda elektronika muhandisligi bo‘yicha diplom olganiga qaramay, hozirda ishsiz ekani aytilmoqda. Uning telefon ixtirosi hali tijoratlashtirilmagan va bozorga chiqarilmagan.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Namibiyada SIM-kartasiz ishlaydigan telefon yaratildi | Zamon.uz