Jahon

Amerikalik sayohatchi Ginnes rekordini yangiladi

U 499 kunda 195 ta mamlakatni kezib chiqdi.

Amerikalik sayohatchi Ginnes rekordini yangiladi

 

AQShning Detroyt shahridan 36 yoshli rejissyor Maykl Zervos 499 kun ichida dunyoning barcha 195 mamlakatini kezib chiqib, Ginnesning yangi rekordchisiga aylandi. Bu avvalgi natijadan 55 kun tezroq amalga oshirilgan.

 

Zervos sayohatini 2024-yil 18-yanvar kuni boshlagan. U uyini sotib, birinchi bo‘lib Rossiya, so‘ngra Turkiyaga yo‘l olgan va butun Afrika, Yaqin Sharq, Osiyo, Okeaniya, Yevropa, Janubiy Amerika va Karib mintaqasi bo‘ylab safar qilgan. Har bir mamlakatda kamida bir tun qolgan, Vatikandan tashqari, u yerda mehmonxonalar mavjud emas.

 

Zervos 2025-yil yanvar oyida Bokuga ham tashrif buyurib, shahar madaniyati, milliy taomlari va odamlaridan chuqur taassurot olgan. U Ozarbayjon poytaxtini “eng sevimli shaharlaridan biri” deb atagan.

 

Sayohat davomida Zervos har bir mamlakatda mahalliy aholiga "hayotdagi eng baxtli lahzasi qaysi edi?" degan savol bilan murojaat qilgan. Ozarbayjonliklardan biri uchun bu — arman istilosidan ozod qilingan hududga qaytgan kuni bo‘lgan.

 

Zervosning so‘zlariga ko‘ra, Samoadagi To-Sua tabiiy depressiyasi, Butan monastirlari va Lesotodagi “osmon Shohligi” uni eng ko‘p hayratga solgan manzillar bo‘lgan.

 

2025-yil 30-may kuni yakunlangan global sayohatdan so‘ng, Zervos “odatiy hayot”ga qaytganini, ammo dunyoni kezish tajribasi uning ongini va dunyoqarashini abadiy o‘zgartirganini ta’kidladi.

 

Ginnes rekordlar kitobida tan olingan 195 mamlakat BMTga a’zo bo‘lgan 193 davlat, hamda kuzatuvchi maqomiga ega Vatikan va Falastinni o‘z ichiga oladi.

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

Malayziya 1,5 mingga yaqin myanmalikni qaytardi: BMT urush va ta’qib xavfidan ogohlantirdi

UNHCR qochqinlarning urush davom etayotgan mamlakatga qaytarilishi ortidan ta’qibga uchrashi yoki majburiy harbiy xizmatga jalb qilinishidan xavotir bildirmoqda.

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Qozog‘istonda harbiylar o‘limi: 13 ta jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

14 nafar harbiy halok bo‘lgan Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarni rejalashtirishda qoidabuzarliklarga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Amerikalik sayohatchi Ginnes rekordini yangiladi | Zamon.uz