Jahon

AQSH talabalar vizasini tiklashda yangi tekshiruv joriy qiladi

Vizaga da'vogarlarning ijtimoiy tarmoqlari tekshiriladi.

AQSH talabalar vizasini tiklashda yangi tekshiruv joriy qiladi

AQSH Davlat departamenti may oyida to‘xtatilgan talabalar vizasi uchrashuvlarini qayta boshlash bo‘yicha ko‘rsatma berdi.

 

Endilikda elchixonalar vizaga murojaat qiluvchilarning ijtimoiy tarmoqlardagi faolligini ham tahlil qiladi. Ariza topshirayotganlardan ijtimoiy media profillarini ochiq saqlash so‘raladi. Faollikning yashirilishi yoki cheklanishi — shubhali faoliyat belgisi sifatida baholanishi mumkin.

 

Yangi nizomga ko‘ra, AQSH fuqarolari, hukumati yoki jamiyatiga salbiy munosabat bor-yo‘qligi ko‘rib chiqiladi. Vizaga da’vogarlarning har qanday onlayn izi — ijtimoiy tarmoq, qidiruv tizimlari, va mavjud ma’lumotlar bazalari orqali tekshiriladi.

 

Bu talablar yangi va qayta kirayotgan talabalarga — F, M va J turidagi vizalar uchun amal qiladi.

 

Avvalroq Tramp ma’muriyati xalqaro talabalarni cheklovchi siyosat olib borgan, ba’zilarining vizalari bekor qilingan, xususan Garvard universiteti nishonga olingan edi.

custom img

Putin va Tramp o‘rtasida 1,5 soatlik telefon suhbati bo‘lib o‘tdi

Suhbatda 9-may arafasida Ukraina bilan vaqtinchalik sulh masalasi va Fors ko‘rfazidagi vaziyat muhokama qilindi.

custom img

AQSHda “Grin karta” va immigratsiya vizalari uchun tekshiruvlar kuchaytirildi — CBS News

AQSH Fuqarolik va immigratsiya xizmati xodimlariga kuchaytirilgan tekshiruvdan o‘tmagan har qanday arizani tasdiqlash taqiqlanadi.

custom img

Janubiy Koreyada sudi sobiq prezidentining qamoq muddatini uzaytirdi

Yun Sok Yol harbiy holat va qonun buzilishi bilan bog‘liq ayblovlar bo‘yicha aybdor deb topilib, uning jazosi 7 yilga oshirildi.

custom img

Men uchun do‘st yoki qarindosh degan tushuncha yo‘q — Sadir Japarov

Qirg‘iziston prezidenti fevral voqealari, davlat to‘ntarishiga urinish, Tashiyev oilasi va korrupsiya ishlari yuzasidan izoh berdi.

custom img

Pentagon Trampga Eron bilan urush haqida yolg‘on ma’lumot beryapti — The Atlantic

AQSh vitse-prezidenti Pentagon ma’lumotlariga shubha bildirib, mamlakatda qurol-yarog‘ zaxirasi kamayib borayotganidan xavotirda.

custom img

Eronning Londondagi elchixonasi eronliklarni “vatanni himoya qilish”ga chaqirdi

Mazkur chaqiriq Britaniyaning xavfsizligiga tahdid sifatida ko‘rilmoqda.

custom img

AQSHda Tramp surati tushirilgan pasportlar chiqariladi

Yangi dizayndagi pasportlar Qo‘shma Shtatlar mustaqilligining 250-yilligi munosabati bilan iyul oyida taqdim etiladi.

custom img

Qamchibek Tashiyev davlat to‘ntarishiga urinishda ayblandi

Tashiyev bilan yana 2 nafar sobiq amaldor mazkur ish yuzasidan so‘roq qilindi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"