Jahon

Chexiyada soxta stomatolog qo‘lga olindi

22 yoshli yigit YouTube’dan o‘rganib, bemorlarning tishini olgan.

Chexiyada soxta stomatolog qo‘lga olindi

 

Chexiyada tibbiy bilim va litsenziyaga ega bo‘lmagan oila a’zolari noqonuniy stomatologik xizmat ko‘rsatgani aniqlangan. 22 yoshli yigit internetdagi darslarga asoslanib o‘zini tish shifokori sifatida tanitib, bemorlarning tishlarini davolagan. U hatto ildiz kanallarini tozalash, tishlarni olib tashlash, va behushlik qilish kabi murakkab muolajalarni ham mustaqil amalga oshirgan.

 

Ma’lumotlarga ko‘ra, bu ishlar 2023-yilda Gavlichkuv-Brod shahrida ochilgan yashirin klinikada olib borilgan. Yigitga uning 50 yoshli onasi (sog‘liqni saqlash sohasida ishlagan) va 44 yoshli qarindoshi yordam bergan. Ayol dori vositalari va stomatologik materiallarga rasmiy kirish huquqiga ega bo‘lib, noqonuniy muolajalar uchun kerakli vositalarni yetkazib bergan. Erkak esa klinika joyini ta’minlagan va protez tayyorlash bilan shug‘ullangan.

 

Politsiya tomonidan qo‘lga olingan ushbu oila Chexiya sog‘liqni saqlash tizimi xavfsizligiga jiddiy tahdid solganlikda gumon qilinmoqda. Hozirda tergov ishlari olib borilmoqda.

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Qora dengizda kemada yong‘in chiqdi: ikki kishi halok bo‘ldi

Ruminiya ommaviy axborot vositalari don ortilgan Turkiya kemasiga dron zarbasi berilganini bildirmoqda.

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Rossiyada «o‘lat xavfi» sabab bir qator shifoxonalar karantinga olindi

Bunga 28 yoshli tibbiyot xodimining vafot etgani sabab bo‘lgan. Ayni paytda u bilan aloqada bo‘lgan qariyb 200 kishi ham izolyatsiya qilingan.

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni va Yaman o‘rtasida keskinlik: tomonlar bir-biriga zarbalar bermoqda

Saudiya Arabistoni husiylar nazorati ostida bo‘lgan Sano shahriga zarba berdi. Bunga javoban husiylar Saudiya Arabistonining yirik neft-gaz koniga hujum qildi.

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

Fransiya maktablarida tartibsizliklar: 24 ta maktab yoqib yuborildi

O‘quvchilar namoyishlari ortidan 500 tagacha ta’lim muassasasida darslar to‘xtatilgan.

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Kutilmagan tashrif: Germaniya kansleri Kiyevga bordi

Germaniya Ukrainaga 1,35 mlrd yevro yordam ajratishi kutilmoqda.

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi:  20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Tramp yana amerikaliklarga pul va’da qildi: 20 milliondan ortiq keksaga 90 dollardan beriladi

Oq uyga ko‘ra, mablag‘ Medicare Improvement Fund hisobidan ajratilib, aksariyat fuqarolarga oktabr oyining boshida to‘g‘ridan-to‘g‘ri o‘tkaziladi.

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

Kashpirovskiyning so‘nggi seansi: mashhur “teletabib” 87 yoshida olamdan o‘tdi

U suvni “zaryadlash”, tomoshabinlarga turli “ustanovka”lar berish va gipnoz seanslari o‘tkazishi bilan tanilgan.

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Kaspiydagi fojia: Toqayev uch nafar yuqori lavozimli harbiy ishdan bo'shatdi

Ular orasida Qozog‘iston harbiy-dengiz kuchlari bosh qo‘mondoni ham bor.

Chexiyada soxta stomatolog qo‘lga olindi | Zamon.uz